Dunyo aholisining yarmi semirib ketish xavfi ostida

Salomatlik

image

Agar kerakli choralar ko‘rilmasa, 2035 yilga kelib dunyo aholisining yarmidan ko‘pi ortiqcha vazndan aziyat chekadi. Bu haqda Butunjahon semizlikka qarshi kurash federatsiyasi ogohlantirdi.

Qayd etilishicha, dunyoda ortiqcha vazndan aziyat chekayotganlar soni tez suratda ko‘paymoqda. Ayniqsa bolalar orasida semizlik yil sayin ortib bormoqda. Shundan kelib chiqib, tahlilchilar 2035 yilga borib ortiqcha vaznli odamlar soni kamida to‘rt milliard kishini tashkil etishini proyognoz qilgan. 

Federatsiya rahbari professor Luiza Baurning aytishicha, ushbu tendensiya nihoyatda tashvishli bo‘lib, 2035 yilda u dunyo iqtisodiyoti uchun taxminan 4 trillion dollarga tushadi. Shuningdek, u barcha davlat rahbarlarini semizlikka qarshi kurashish uchun shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirgan. Uning fikricha, birinchi navbatda holatlar sonining ortayotgani sabablarini aniqlash kerak.

Bundan tashqari, tashkilot hisobotida aholisi ortiqcha vazndan tez-tez aziyat chekadigan mamlakatlar nomi ham keltirilgan. Tahlilchilarning xulosasiga ko‘ra, dunyoda semirishning eng ko‘p o‘sishi kutilayotgan 10 mamlakatdan 9 tasi Afrika va Osiyodagi past yoki o‘rta daromadli davlatlardir. Tashkilot joriy yilning 6 mart kuni shu masalada BMTga hisobot topshiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing