Dunyo aholisining necha foizi duduqlanishdan aziyat chekadi? 

Bu qiziq

image

1998 yildan beri har yili 22 oktyabr kuni butun dunyoda Xalqaro duduq insonlar kuni nishonlanadi. Bu kunni nishonlash 1995 yilda tashkil etilgan Duduq insonlar xalqaro assotsiatsiyasi ko‘magida ta’sis etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo aholisining qariyb 1 foizi duduqlanishdan aziyat chekadi. Duduqlanish — nutqning buzilishi bo‘lib, u tovushlar, bo‘g‘inlar va so‘zlarning tez-tez takrorlanishi yoki uzayishi, shuningdek nutqda tez to‘xtash yoki noaniqlik bilan tavsiflanadi. 

Duduqlanish ko‘p hollarda logofobiya (verbofobiya) bilan bog‘liq. Jamiyatning duduq odamlarga noto‘g‘ri munosabati tufayli nutq buzilishi hissiy holatga va inson hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu ko‘pincha stress, ijtimoiy tashvish va o‘z-o‘zini izolyatsiya qilishga olib keladi. Bunday turdagi bolalar esa ko‘pincha bezorilikka uchraydi.

Shu bois, Xalqaro duduq insonlar kunini ta’sis etish Duduq insonlar xalqaro assotsiatsiyasining yirik loyihalaridan biridir. Har yili ma’lum bir mavzuga bag‘ishlanadigan ushbu kunda duduq insonlar kundalik hayotida duch keladigan muammolar va qiyinchiliklar to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor qilishga qaratilgan turli konferensiyalar, seminarlar, uchrashuvlar va bir qator ijtimoiy tadbirlar o‘tkaziladi. 

Yiliga ikki marta axborot byulletenlarini chiqarish, maxsus veb-saytni ishga tushirish va duduq insonlar uchun stipendiyalar yig‘ish assotsiatsiyaning boshqa maqsadli loyihalari hisoblanadi. 

Darhaqiqat, duduqlanish nuqsoni bo‘lgan odamlar orasidan kinorejissyorlar, aktyorlar, notiqlar, siyosatchilar, shoirlar, teleboshlovchilar va boshqa jamoat kasblari vakillari chiqqan.

Masalan, Demosfen, Georg VI, Uinston Cherchill, Merilin Monro, Isaak Nyutonlarda shunday nuqson bo‘lgan. Hozirda esa Bryus Uillis, Jerar Deparde, Artemiy Troitskiy va boshqa mashhurlar duduqlanishdan aziyat chekadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

77

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing