Dunyo aholisining 37 foizi hech qachon internetdan foydalanmagan

Olam

image

Hozirgi kunda  dunyo aholisining 37 foizi yoki 2,9 mlrd odam Internetga umuman ulanish imkoniyatiga ega emas. Bu haqda Xalqaro Elektraloqa ittifoqi (XEI) tomonidan e’lon qilingan yangi hisobotda aytilgan.

Qayd etilishicha, hali ham Internetga kirmagan 2,9 milliard odamning 96 foizga yaqini rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi. Internet foydalanuvchilari hisoblangan 4,9 milliard odam orasida ham yuz millionlab odam tez-tez internetga kirish imkoniga ega emas.

“Hozirda dunyo aholisining deyarli uchdan ikki qismi Internetga ulangan, biroq hammani unga ulash uchun hali ko‘p ishlar qilinishi kerak. XEI qolgan 2,9 milliard odamni ham Internetga bog‘lash uchun kerak bo‘ladigan tizimli mexanizmlar mavjudligini ta’minlash maqsadida barcha tomonlar bilan ishlaydi”, degan Ittifoq Bosh kotibi Xoulin Chjao.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, so‘nggi ikki yilda Internetdan foydalanuvchilar soni 17 foizga oshgan. Ko‘pchilik ulanishga majbur bo‘ldi, chunki bu o‘qish, ishlash, yangiliklar olish va kommunal xizmatlarni to‘lash uchun yagona imkoniyat edi. Lekin hamma ham tegishli telefonlar, kompyuterlar yoki noutbuklarni sotib olishga yoki Internet xizmatlari uchun haq to‘lashga qodir emas. Kompyuterlar, telefonlar va boshqa qurilmalar narxlari, shuningdek ulanish xizmatlarining narxi Internetga kirish uchun jiddiy to‘siq bo‘lib qolmoqda. Dunyoning eng qashshoq mamlakatlarida internetga ulanish narxi aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotning 20 foizi yoki undan ko‘prog‘iga yetadi.

Shuningdek, dunyo miqyosida shahar aholisi orasida Internetdan foydalanuvchilar soni qishloq joylardagidan deyarli ikki baravar ko‘p bo‘lib qolmoqda.

Internetdan foydalanuvchilar o‘rtasidagi yosh tafovuti ham  yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Masalan, 15-24 yoshdagi aholining 71 foizi qolgan yoshdagi odamlarning esa 57 foizi internetdan foydalanadi.

Hisobotda qayd etilishicha, joriy yil oxirigacha internetga ulangan aholi soni qariyib besh milliardga yetadi. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 4,1 milliardni tashkil etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

34

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing