Dunyo 100 yildan keyin AQSH va Xitoyni yo‘qotadi. Qaysi davlatlar taqdiri xavf ostida?

Olam

image

Bolgariyaning “Trud” nashri 100 yil ichida yoki undan oldin yo‘qolib yoki parchalanib ketishi mumkin bo‘lgan davlatlar top-10 taligini tuzdi. Ro‘yxatga quyidagi mamlakatlar kiritilgan:

1. AQSH
2. Xitoy
3. Buyuk Britaniya
4. Shimoliy Koreya
5. Belgiya
6. Niderlandiya 
7. Kiribati
8. Maldiv orollari
9. Ispaniya
10. Iroq

Nashrda keltirilgan o‘nlik mamlakatlarni yo‘qolib ketishiga sabab sifatida tabiiy ofatlar va siyosiy o‘zgarishlar ko‘rsatilgan.

Shunday qilib, Niderlandiya, Kiribati va Maldiv orollarini suv bosishi mumkin. Maldiv orollari birinchi bo‘lib suvga g‘arq bo‘lishi ehtimoli mavjud. Jurnalistlar orol davlat 2085 yilgacha suv ostida qolishini bashorat qilib, sabab sifatida global isishni ko‘rsatmoqda.

Qolgan yettita davlat siyosiy to‘qnashuvlar oqibatida parchalanishi taxmin qilingan. Tahlilchilar Shimoliy Koreya aholining rahbariyatdan noroziligi tufayli qulashini bashorat qilishgan. Shunga o‘xshash vaziyat Qo‘shma Shtatlarga ham taalluqli. Jurnalistlarning qayd etishicha, agar biror hodisa mamlakatni birlashtirmasa va voqealar shu tarzda davom etsa, AQSH o‘zgarishi ehtimoli katta. Undan Alyaska va Texas shtatlari birinchi bo‘lib ajralib chiqishi mumkin.

Jurnalistlar bashoratiga ko‘ra, Xitoy yuz yildan keyin qulashi mumkin. Bu ertaroq ham sodir bo‘lishi inkor etilmayapti.

“2030 yilga borib Xitoyda ichimlik suvi yetishmay qolishi mumkin va mamlakatning hozirgi ko‘rinishi 2050 yilgacha o‘zgarish ehtimoli bor”, deb yozadi nashr muallifi.

Belgiya Fleminglar va Vallonlar o‘rtasidagi etnik mojarolar tufayli ikkiga ajralishi taxmin qilinmoqda. Birlashgan Qirollikka ham parchalanib ketish xavfi tahdid qilmoqda. Ta’kidlanishicha, ba’zi davlatlar qirollikni tark etib, Yevropa Ittifoqiga mustaqil davlat sifatida qo‘shilishlari mumkin. Bu jarayon yaqin 20 yil ichida hal qilinadi.

Bundan tashqari, Iroq va Ispaniya kabi davlatlar hozir mavjud bo‘lgan shaklini yo‘qotishi mumkin.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

2345

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing