Dubaydagi port hududida kuchli portlash sodir bo‘ldi (video)

Olam

image

Kecha, 7 iyul kuni kechqurun Dubayda katta portlash yuz berdi, deb xabar beradi Yaqin Sharq OAV guvohlarga tayanib. “Al Arabiya” telekanalidagi manbalarga ko‘ra, portlash Jabal-Ali porti hududida sodir bo‘lgan.

Yana bir versiyaga ko‘ra, portlash neft tashuvchi tankerda sodir bo‘lgan. Guvohlar ijtimoiy tarmoqlarda videolavhalarni e’lon qilmoqda. Ularning aytishlaricha, portlash payti tasvirga olingan, unda tungi osmon fonida ulkan olov yonayotganini ko‘rish mumkin.

Dubay ma’muriyati o‘z navbatida, Twitter’da o‘t o‘chiruvchilar portdagi yong‘inni kema bortida o‘chirayotgani haqida yozdi. Qurbonlar haqida hali ma’lumot berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

206

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing