DTM abituriyentlarni ogohlantirdi

Jamiyat

image

Turli o‘quv markazlari tomonidan Davlat test markazi bilan hamkorlikda test sinovlari o‘tkazilishi, test topshiriqlari 100 foiz Davlat test markazi ekspertlari tomonidan tuzilgani va kirish imtihonlarida tushishi mumkinligi hamda xizmat narxi 55 ming so‘mni tashkil etishi haqidagi xabarlar haqiqatga mos kelmaydi. Bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda

Markaz ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan bunday xabarlar butunlay noto‘g‘ri ekanligini ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan diagnostik test sinovlari Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida har payshanba kuni 2 smenada tashkil etiladi va xizmat narxi 15 000 so‘mni tashkil etadi.

Diagnostik test sinovlari uchun ro‘yxatga olish Davlat test markazining interaktiv xizmatlar portali orqali amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1345

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing