DSQ raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
14 dekabr 2021
6923Bugun, 14 dekabr kuni Sirojiddin Eshmatov Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.
Sirojiddin Eshmatov 1971 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 1991 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi instituti, 1999 yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.
Soliq tizimidagi faoliyatini 1992 yilda Kitob shahar Davlat soliq inspeksiyasida inspektorlik vazifasidan boshlab, 27 yil davomida viloyat soliq xizmati organlarida turli rahbarlik lavozimlarida mehnat qilgan.
Sirojiddin Eshmatov o‘rniga Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Erkin Narmanov Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
LiveBarchasi