“Drujba”dagi yangi qurilayotgan binoga o‘t ketdi (video)
Jamiyat
−
26 aprel 2023 9825 1 daqiqa
Bugun, 26 aprel kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi (“Drujba” hududi) yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 13:58 da yangi qurilayotgan 25 qavatli binoning 1-qavatida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta maxsus texnika voqea joyiga 2 daqiqa (soat 14:00)da yetib borib, yong‘in soat 14:10 da batamom o‘chirilgan.
“Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi