Dorilarning chegaraviy narxini bilish uchun maxsus bot ishga tushdi

Bu qiziq

image

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan  ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun Telegram bot ishga tushirildi.

Agentlik axborot xizmati xabar berishicha, so‘nggi vaqtlarda, dorixonalarda bir qator dori-darmonlarning yetishmasligi va narxlarini sun’iy ravishda yuqori baholash kuzatilmoqda. Iste’molchilar virusga qarshi va isitma tushiruvchi dorilarning asossiz yuqori narxlaridan shikoyat qilmoqdalar.

Ta’kidlanishicha, dori-darmonlar narxlari bo‘yicha ishonchli va aniq ma’lumotlarning mavjud emasligi jamiyatda haqli norozilikka olib keladi. Har bir iste’molchi sotib olishdan oldin dori mahsulotning chegaraviy narxidan xabardor bo‘lish huquqiga ega.

Bugungi kunda mamlakatimizda 18 million iste’molchi Telegram messenjeridan foydalanmoqda. Iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilgan botda dori vositasini xalqaro patentlanmagan nomi yoki savdo nomi bo‘yicha izlash imkoniyati mavjud. 

Iste’molchilar uchun @dorinarx_bot'da dorilarning savdo nomi, dozasi, qadoqlangan soni va qadoq turi, ishlab chiqaruvchi nomi, xalqaro patentlanmagan nomi, maksimal chakana narxi haqidagi ma’lumotlar mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

221

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing