Donor bo‘luvchi yaqin qarindoshlar ro‘yxati kengaytirilishi mumkin

Jamiyat

image

“Yaqin qarindoshlar orasida buyrak va jigar bo‘lagini transplantatsiya qilish tartibi haqida Vaqtinchalik nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot  xizmati rahbari Furqat Sanayev Telegram’dagi kanalida ma’lum qildi. 

Unga ko‘ra, transplantatsiya operatsiyalarini amalga oshirishga ruxsat berilgan davlat tibbiyot muassasalari sonini oshirish, shu jumladan, hududlarda ham bu amaliyotni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda. Eng muhimi esa, agar ushbu qaror qabul qilingudek bo‘lsa, transplantatsiya qilish amaliyotlarida donor bo‘luvchi shaxslarning yaqin qarindoshlari ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritilib, yanada kengaytirilishi mumkin. Ya’ni bemorning ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi darajali qarindoshlari ham donor bo‘lishi hech gap emas. 

Sanayevning qayd etishicha, qarorni ishlab chiqishga sabablar yetarli. So‘nggi ikki yilning o‘zida Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazida 230 dan ortiq buyrak, 5 ta jigar, Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazida esa 68 ta buyrak transplantatsiyasi operatsiyalari o‘tkazilib, jami 300 nafardan ziyod fuqarolarning yuqori texnologik operatsiyalar uchun xorij davlatlariga borishining oldi olindi.

Shuningdek, Respublika Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti olimlari jahon tibbiyotining eng ilg‘or yo‘nalishi – o‘zak hujayra transplantatsiyasini o‘zlashtirib, hozirda uni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yishgan. 

So‘nggi ikki yil davomidagi amaliyot yaqin qarindoshlarni donor sifatida belgilangan shaxslar cheklangan doirasi ham amaldagi qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni taqozo qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Donor

Baholaganlar

18

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing