Doniyor Qodirov Prezident maslahatchisiga o‘rinbosar etib tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan polkovnik Doniyor Qodirov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston Prezidentining 2021 yil 29 yanvardagi farmoni bilan polkovnik Doniyor Qodirov ichki ishlar vazirining transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Mazkur lavozimda ishlab kelayotgan Ulug‘bek Toshxo‘jayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Doniyor Qodirov o‘z vaqtida IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Shuningdek, u 2018-2019 yillarda IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Doniyor Qodirov

Baholaganlar

273

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing