Donetskda mudhish YTH. 15 kishi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
07 dekabr 2022 8567 1 daqiqa
Donetsk xalq respublikasining (tan olinmagan) Shaxtyorsk tumanida yuk mashinasi va mikroavtobusning to‘qnashishi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda bugun, 7 dekabr kuni Rossiya FVVga tayanib TASS agentligi xabar berdi.
“Shaxtyorsk-Torez trassasida harbiy xizmatchilarni olib ketayotgan yuk mashinasi mikroavtobus bilan to‘qnashib ketdi. 16 kishi halok bo‘ldi, 3 nafar yarador shifoxonaga yotqizildi”, deydi agentlik suhbatdoshi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida yuk mashinasi haydovchisi ham bor. Favqulodda vaziyatlar xizmati voqea joyida ishlamoqda, hodisa sabablarini o‘rganmoqda.
Favqulodda vaziyatlar xizmati, shuningdek, jabrlanganlar jonlantirish bo‘limida yotganini ma’lum qilgan.
“Jarohatlanganlardan uch nafarining ahvoli og‘ir, [ular] harbiylar, [ular]reanimatsiyada”, deydi manba.
Viloyat Sog‘liqni saqlash vazirligi qurbonlar soni to‘rt nafarga yetganini ma’lum qildi.
“Yo‘l-transport hodisasi qurbonlari to‘rt nafari Torez markaziy shahar shifoxonasiga yetkazildi”, deyiladi DXR Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.
Keyinroq favqulodda xizmatlar qurbonlar soni olti nafarga yetganini ma’lum qildi.
"Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, 15 kishi halok bo‘lgan, olti kishi jarohatlangan. Uch nafari Shaxtyorsk, uch nafari Torez markaziy tuman shifoxonasiga yetkazilgan. Ayni paytda olti nafari jarohat olgan”, deydi agentlik suhbatdoshi.
Jabrlanganlarning ahvoli tasdiqlanmoqda.
Live
Barchasi