Donald Tramp AQSHda yirik miting o‘tkazmoqchi
Olam
−
20 iyun 2021
5714AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp Oq uydan ketganidan beri birinchi marta joriy yilning 26 iyun kuni Ogayo shtatida tarafdorlari bilan yirik miting o‘tkazadi. Bu haqda Amerika ma’muriyati sobiq rahbarining keng tarqalgan bayonotida so‘z boradi.
“AQSHning 45-Prezidenti Donald Tramp 26 iyun, shanba kuni Ogayo shtatining Vellington shahrida katta miting o‘tkazadi”, deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, tadbirning maqsadi — kelasi yil Ogayo shtatidan AQSH Vakillar palatasiga saylanishni rejalashtirgan respublikachi Maks Millerni qo‘llab-quvvatlash.
Ma’lumot o‘rnida, Donald Tramp 2016-2020 yillarda AQSHni boshqargan. Namoyish o‘tkazmoqchi bo‘layotgan Tramp avval ham mamlakatda ichki siyosiy muhitning buzilishiga olib kelgan bir qancha harakatlarni amalga oshirgan. Jumladan, u 2020 yilgi AQSH prezidentligiga saylov natijalarini soxta, deb e’lon qilib, mamlakat siyosatiga bo‘lgan ishonchsizlikni keltirib chiqargan.
LiveBarchasi