Dollarning rasmiy kursi yangilandi
Jamiyat
−
16:08 4618 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 23 dekabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 14,29 so‘mga oshdi va 12 010,43 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 37,15 so‘mga balandladi, 14 088,23 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 2,71 so‘mga oshdi va 151,25 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 2,95 so‘mga ko‘tarildi va 1706,75 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 17 ming 700 so‘mga oshdi va 1 mln 743 ming 600 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 22 dekabr Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 20 mln 66 ming 74 so‘mga oshgan va 1 mlrd 77 mln 765 ming 390 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi