Dollarning rasmiy kursi yangilandi
Jamiyat
−
15 dekabr 9023 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 16 dekabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 32,08 so‘mga oshdi va 12 130,01 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 50,98 so‘mga ko‘tarilib, 14 245,48 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 1,27 so‘mga oshdi va 153,04 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 6,62 so‘mga balandladi va 1721,25 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 23 ming so‘mga oshdi va 1 mln 723 ming 300 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 15 dekabr Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 28 mln 185 ming 187 so‘mga tushgan va 1 mlrd 89 mln 710 ming 680 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi