Dollarning rasmiy kursi yangilandi
Jamiyat
−
25 avgust 49209 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 26 avgust kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 51,29 so‘mga tushdi va 12 305,80 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi esa 58,65 so‘mga oshdi va 14 389,17 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,93 so‘mga kamayib, 152,56 so‘mni tashkil etdi.