Dollarning rasmiy kursi tushdi
Jamiyat
−
28 mart 2023
9802O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan joriy yilning 29 mart kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 13,54 so‘mga tushdi va 11 391,94 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 42,38 so‘mga oshdi, 12 321,52 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rublining kursi esa 0,33 so‘mga pasaydi, 148,73 so‘mni tashkil etdi.