Dollarning rasmiy kursi pasaydi
Jamiyat
−
16:13 1728 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 9 iyun kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 36,04 so‘mga pasaydi va 12 013,40 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 193,31 so‘mga tushdi va 13 831,03 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,05 so‘mga balandladi va 163,87 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 9,78 so‘mga oshdi va 1770,92 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa, ming so‘mga ko‘tarildi va 1 mln 884 ming 100 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 8 iyun Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 4 mln 345 ming 749 so‘mga oshdi va 757 mln 203 ming 416 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi