Dollarning rasmiy kursi keskin pasaydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 1 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 51,57 so‘mga tushdi va 12 009,27 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 66,01 so‘mga pasayib, 13 688,17 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 1,25 so‘mga tushdi va 153,75 so‘mni tashkil qildi.

Xitoy yuani 5,3 so‘mga tushib, 1769,84 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 500 so‘mga oshdi va 1 mln 848 ming 500 so‘mni tashkil qildi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 30 iyun Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 10 mln 43 ming 67 so‘mga tushdi va 712 mln 97 ming 673 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing