Dollarning rasmiy kursi 12 800 so‘mdan oshdi
Jamiyat
−
14 Oktabr 2024 6711 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 15 oktyabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 22,91 so‘mga oshdi va 12 803,05 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi esa 12,25 so‘mga yuqorilab, 13 992,45 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli ham 0,10 so‘mga ko‘tarilib, 133,21 so‘mni tashkil etdi.