Dollar, yevro va rublning kursi birdan ko‘tarildi
Jamiyat
−
15 fevral 2021
11973O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, ertaga, 16 fevraldan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 10 540 so‘m 09 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 9 so‘m 26 tiyinga qimmatlashdi.
1 yevro kursi 12 790 so‘m 40 tiyinga baholanib, 109 so‘m 17 tiyinga qimmatlashdi.
Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 2 so‘m 75 tiyinga qimmatlashdi. Xususan, 1 rubl 143 so‘m 85 tiyin etib belgilangan.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
LiveBarchasi