Dollar, yevro va rubl kursi birdan oshdi
Jamiyat
−
20 may 2022 35277 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan joriy yilning 23 may kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 42,37 so‘mga oshib, 11 095,09 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham qimmatladi, 1 yevro 108,20 so‘mga oshib, 11 750,81 so‘m etib belgilandi.
Rubl kursi oshdi. Xususan, 1 rubl 9,11 so‘mga qimmatlab, 187,02 so‘mni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta 15 mart kuni dollar kursi 11 100 so‘mdan past bo‘lgan edi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust