Dollar to‘rt kunlik pasayishdan so‘ng yana qimmatladi
Jamiyat
−
01 aprel 2022
16146O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan joriy yilning 4 aprelidan amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollar qiymati to‘rt kunlik pasayishdan so‘ng, yana yuqorilagan. O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 9,59 so‘mga oshdi. Joriy yilning 4 aprelidan boshlab rasmiy kurs 11 404,61 so‘m etib belgilanmoqda.
So‘m yevroga nisbatan biroz mustahkamlandi. 1 yevro -53,21 so‘mga arzonlab, 12 607,80 so‘m etib belgilandi.
Rubl ham biroz pasaydi. Xususan, 1 rubl 1,75 so‘mga ortga chekinib, 137,43 so‘mni tashkil etmoqda.
LiveBarchasi