Dollar so‘nggi uch yildagi eng past darajaga tushdi 

Jamiyat

image

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, bugun, 17 avgust kuni valyuta birjasida dollar kursi 11 857,35 so‘mni tashkil etdi. Bu so‘nggi uch yildagi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.

Amerika valyutasi 33 so‘m 83 tiyinga arzonlab, hozirda 11 857,35 so‘mni tashkil etmoqda. Joriy qiymat 2023 yil 10 avgustdagi narxdan beri eng minimal ko‘rsatkich bo‘ldi. O‘shanda dollarning rasmiy kursi 2,14 so‘mga oshgan va 11 667,00 so‘mni tashkil qilgan. 

2023 yil 10 avgust kungi savdolarda esa tijorat banklarida dollar va yevro kursi rekord darajada oshib ketgandi. Xususan, dollarning rasmiy kursi birdaniga 408,03 so‘mga oshgan va 12 075,03 so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, yevro kursi 498,69 so‘mga balandlab, 13 307,89 so‘m etib belgilangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing