Dollar kursi yana tushdi
Jamiyat
−
17:43 1454 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 19 avgust kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 36,95 so‘mga tushdi va 11 820,40 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 61,75 so‘mga pasayib, 13 684,48 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,27 so‘mga arzonlashdi va 139,05 so‘mni tashkil qildi.
Xitoy yuani 6,29 so‘mga arzonlab, 1753,12 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 800 so‘mga tushdi va 1 mln 827 ming 600 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 18 avgust Toshkent vaqti bilan soat 17:30 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 5 mln 828 ming 16 so‘mga oshdi va 759 mln 364 ming 80 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi