Dollar kursi yana tushdi
Jamiyat
−
16:06 1177 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 23 aprel kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 18,06 so‘mga tushdi va 12 042,49 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 35,69 so‘mga pasaydi va 14 147,52 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli ham 0,77 so‘mga tushdi va 160,55 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 4,48 so‘mga pasaydi va 1764,91 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 7 ming 900 so‘mga tushdi va 1 mln 913 ming 600 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 22 aprel Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 16 mln 489 ming 818 so‘mga oshdi va 941 mln 431 ming 518 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi