Dollar kursi yana tushdi
Jamiyat
−
20 aprel 2983 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 21 aprel kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 31,13 so‘mga tushdi va 12 097,33 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 70,59 so‘mga pasaydi va 14 233,72 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli ham 1,49 so‘mga oshdi va 160,53 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 3,18 so‘mga pasaydi va 1774,40 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 3 ming 100 so‘mga tushdi va 1 mln 932 ming so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 20 aprel Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 5 mln 225 ming 142 so‘mga tushdi va 907 mln 879 ming 850 so‘m etib belgilangan.
Live
BarchasiChimyonda qor ko‘chkisi kuzatildi
20 aprel