Dollar kursi yana ko‘tarildi
Jamiyat
−
10 iyun 3259 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 11 iyun kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 18,81 so‘mga oshdi va 12 054,03 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 16,93 so‘mga ko‘tarildi va 13 932,05 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,9 so‘mga pasaydi va 167,05 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 0,65 so‘mga oshdi va 1778,25 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa, 27 ming 100 so‘mga pasaydi va 1 mln 871 ming 700 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 10 iyun Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 16 mln 117 ming 218 so‘mga tushdi va 739 mln 127 ming 172 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi“Chust oshi” ham patentlandi
11 iyun