Dollar kursi yana ko‘tarildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 2 fevral kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 26,06 so‘mga oshdi va 12 225,16 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 25,07 so‘mga pasaydi va 14 560,17 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 1,52 so‘mga oshdi va 162,01 so‘mni tashkil etdi.

Xitoy yuani 1,81 so‘mga oshdi va 1758,31 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 15 ming so‘mga tushdi va 2 mln 157 ming so‘mni tashkil qildi. 

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 30 yanvar Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 60 mln 492 ming 497 so‘mga tushgan va 1 mlrd 10 mln 616 ming 300 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing