Dollar kursi yana ko‘tarildi
Jamiyat
−
16:30 2187 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25 dekabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 15,27 so‘mga oshdi va 12 067,60 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 26,46 so‘mga balandladi, 14 239,77 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli kursida esa o‘zgarish bo‘lmadi va 153,71 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 5,6 so‘mga ko‘tarildi va 1720,48 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 9 ming so‘mga oshdi va 1 mln 782 ming 600 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 24 dekabr Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 4 mln 346 ming 218 so‘mga tushgan va 1 mlrd 50 mln 770 ming 226 so‘m etib belgilangan.