Dollar kursi yana ko‘tarildi
Jamiyat
−
05 dekabr 62675 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 9 dekabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 26,86 so‘mga oshdi va 11 990,09 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 3,79 so‘mga ko‘tarilib, 13 974,45 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 2,6 so‘mga oshdi va 157,95 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 4,38 so‘mga balandladi va 1696,08 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 4 ming 300 so‘mga oshdi va 1 mln 657 ming 100 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 5 dekabr Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 20 mln 839 ming 661 so‘mga tushgan va 1 mlrd 94 mln 315 ming 310 so‘m etib belgilangan.