Dollar kursi pasaydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 15 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 27,38 so‘mga tushdi va 12 065,49 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 69,91 so‘mga pasayib, 13 754,66 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 1,47 so‘mga tushdi va 155,66 so‘mni tashkil qildi.

Xitoy yuani 4,33 so‘mga pasayib, 1780,04 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 400 so‘mga oshdi va 1 mln 838 ming 200 so‘mni tashkil qildi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 14 iyul Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 4 mln 400 ming 617 so‘mga tushdi va 756 mln 77 ming 355 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing