Dollar kursi ko‘tarildi
Jamiyat
−
17:37 806 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 6 oktyabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 5,5 so‘mga oshdi va 11 778,45 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 25,62 so‘mga pasayib, 13 198,93 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 2,79 so‘mga tushdi va 138,35 so‘mni tashkil qildi.
Xitoy yuani 0,82 so‘mga ko‘tarilib, 1756,77 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 9 ming 600 so‘mga oshdi va 1 mln 804 ming so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 5 oktyabr Toshkent vaqti bilan soat 17:30 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 9 mln 667 ming 068 so‘mga tushdi va 1 mlrd 12 mln 342 ming 656 so‘m etib belgilangan.