Dollar kursi ko‘tarildi
Jamiyat
−
17:45 1251 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 30 sentyabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 14,21 so‘mga oshdi va 11 821,18 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 11,03 so‘mga pasayib, 13 419,40 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,58 so‘mga oshdi va 140,44 so‘mni tashkil qildi.
Xitoy yuani 3,98 so‘mga ko‘tarilib, 1763,46 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 6 ming 800 so‘mga tushdi va 1 mln 788 ming 500 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 29 sentyabr Toshkent vaqti bilan soat 17:30 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 9 mln 618 ming 993 so‘mga oshdi va 993 mln 235 ming 883 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi