Dollar kursi ko‘tarildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 30 iyun kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 51,55 so‘mga oshdi va 12 060,84 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 55,18 so‘mga ko‘tarilib, 13 754,18 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 0,26 so‘mga oshdi va 155 so‘mni tashkil qildi.

Xitoy yuani 8,6 so‘mga ko‘tarilib, 1775,14 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 7 ming so‘mga oshdi va 1 mln 848 ming so‘mni tashkil qildi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 29 iyun Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 11 mln 328 ming 30 so‘mga oshdi va 722 mln 140 ming 740 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing