Dollar kursi ko‘tarildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 8 aprel kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 32,74 so‘mga oshdi va 12 208,08 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi ham 52,46 so‘mga ko‘tarildi va 14 116,20 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli ham 0,71 so‘mga oshdi va 155 so‘mni tashkil etdi.

Xitoy yuani 11,28 so‘mga ko‘tarildi va 1780,28 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 3 ming 200 so‘mga oshdi va 1 mln 869 ming 800 so‘mni tashkil qildi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 7 aprel Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 16 mln 413 ming 808 so‘mga tushgan va 832 mln 536 ming 768 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

dollar oltin bitkoin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing