Dollar kursi ko‘tarildi
Jamiyat
−
16:08 1456 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 6 aprel kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 20,83 so‘mga oshdi va 12 170,67 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 44,69 so‘mga ko‘tarildi va 14 048,60 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli ham 1,2 so‘mga oshdi va 152,30 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 6,48 so‘mga ko‘tarildi va 1768,68 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 40 ming 500 so‘mga tushdi va 1 mln 865 ming 400 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 2 aprel Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 6 mln 507 ming 60 so‘mga oshgan va 813 mln 929 ming 600 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi