Dollar kursi ko‘tarildi
Jamiyat
−
06 mart 12533 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 10 mart kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 15,72 so‘mga ko‘tarildi va 12 191,25 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 40,25 so‘mga pasaydi va 14 111,37 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,88 so‘mga tushdi va 154,20 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 0,94 so‘mga pasaydi va 1765,65 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 17 ming 200 so‘mga tushdi va 2 mln 78 ming 700 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun 6 mart Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 34 mln 57 ming 510 so‘mga tushgan va 859 mln 648 ming 365 so‘m etib belgilangan.