Dollar kursi ketma-ket uchinchi kun pasaydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 18 avgust kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 33,83 so‘mga tushdi va 11 857,35 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 7,11 so‘mga pasayib, 13 746,23 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 2,51 so‘mga arzonlashdi va 139,32 so‘mni tashkil qildi.

Xitoy yuani 4,52 so‘mga arzonlab, 1759,41 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 700 so‘mga tushdi va 1 mln 828 ming 400 so‘mni tashkil qildi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 17 avgust Toshkent vaqti bilan soat 17:30 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 7 mln 126 ming 103 so‘mga tushdi va 753 mln 536 ming 64 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing