Dollar kursi ketma-ket beshinchi kun tushdi
Jamiyat
−
17:38 1074 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 20 avgust kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 25,52 so‘mga tushdi va 11 794,88 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 1,12 so‘mga ko‘tarilib, 13 685,60 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,38 so‘mga arzonlashdi va 138,67 so‘mni tashkil qildi.
Xitoy yuani 2,64 so‘mga arzonlab, 1750,48 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 1 ming 200 so‘mga tushdi va 1 mln 826 ming 400 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 19 avgust Toshkent vaqti bilan soat 17:30 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 1 mln 54 ming 70 so‘mga oshdi va 7560 mln 418 ming 150 so‘m etib belgilangan.