Dollar kursi keskin oshdi
Jamiyat
−
16:13 1601 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 7 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 68,15 so‘mga oshdi va 12 042,05 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 44,26 so‘mga ko‘tarilib, 13 744,80 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,21 so‘mga oshdi va 155,03 so‘mni tashkil qildi.
Xitoy yuani 7,46 so‘mga ko‘tarilib, 1772,71 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 600 so‘mga oshdi va 1 mln 838 ming 400 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 6 iyul Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 16 mln 436 ming 454 so‘mga oshdi va 755 mln 984 ming 718 so‘m etib belgilangan.