Dollar kursi keskin ko‘tarildi
Jamiyat
−
08 yanvar 27599 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 9 yanvar kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 75,74 so‘mga oshdi va 12 109,02 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 78,81 so‘mga balandladi va 14 139,70 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 1,01 so‘mga oshdi va 150,31 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 13,13 so‘mga ko‘tarildi va 1733,77 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 18 ming 300 so‘mga tushdi va 1 mln 759 ming so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 8 yanvar Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 11 mln 496 ming 138 so‘mga tushgan va 1 mlrd 93 mln 987 ming 605 so‘m etib belgilangan.