Dollar kursi balandladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 22 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 26,47 so‘mga oshdi va 11 986,56 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 21,27 so‘mga ko‘tarilib, 13 691,65 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 0,44 so‘mga tushdi va 152,09 so‘mni tashkil qildi.

Xitoy yuani 4,26 so‘mga ko‘tarilib, 1771,67 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 500 so‘mga tushdi va 1 mln 837 ming 200 so‘mni tashkil qildi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 21 iyul Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 16 mln 5 ming 444 so‘mga oshdi va 784 mln 291 ming 924 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing