Dollar kursi 11 200 so‘mdan pastladi
Jamiyat
−
28 aprel 2022
11848O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan ertaga, 29 aprel kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 20,26 so‘mga tushib, 11 179,80 so‘mni tashkil qildi.
So‘m yevroga nisbatan mustahkamlanishda davom etib, 1 yevro 126,59 so‘mga arzonladi va 11 761,15 so‘m etib belgilandi.
Rubl kursi oshdi. Xususan, 1 rubl ,49 so‘mga qimmatlab, 152,76 so‘mni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta 16 mart kuni dollar kursi 11 200 so‘mdan past bo‘lgan edi.
LiveBarchasi