“Doktor Strenj 2” Xitoyda noroziliklarga sabab bo‘ldi

Madaniyat-san’at

image

“Marvel” kinoijodkorlarining yaqinda premerasi o‘tkaziladigan “Doktor Strenj 2” filmining bir sahnasidagi kichik tafsilot uning Xitoyda namoyish etilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Bu haqda “Independent” habar bermoqda.

“Doktor Strenj 2: Aqlsiz multiolam” filmi sahnasi Xitoyda noroziliklarga sabab bo‘ldi hamda bu mamlakatda namoyish etiladigan kamdan-kam “Marvel” filmlaridan biriga aylanishi mumkinligi haqidagi umidlarni puchga chiqardi.

Bosh rolni Benedikt Kambarbetch o‘ynagan film Xitoy Kommunistik partiyasiga qarshi bo‘lgan xalqaro gazeta va media kompaniyasi hisoblanadigan “The Epoch Times” gazeta do‘konini ko‘rsatgan sahna bilan Xitoyda ba’zilarning noroziliklariga sabab bo‘ldi.

“Deadline” ma’lumotlariga ko‘ra, “Doktor Strenj 2” filmini hozirda Xitoy hukumati mamlakatda namoyish etilishini tasdiqlashdan oldin ko‘rib chiqmoqda. Nashrning xabar berishicha, ushbu voqea "mahalliy ijtimoiy tarmoqlarda to‘lqin uyg‘otgan".

2019 yilda suratga olingan “Qasoskorlar: Final” filmidan beri Xitoyda birorta “Marvel” filmi namoyish etilmagan.

“Abadiylar” filmi direktori Xloya Chjaoning fikricha, "Qora beva", “Abadiylar”, "Venom: Qotillik bo‘lsin" va "O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q" kabi “Marvel” filmlarining mamlakatda namoyish etilishining taqiqlanishi “Qora beva” filmining kommunizmni tasvirlashi va Pekin haqidagi tanqidiy fikrlari bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, “Doktor Strenj 2: Aqlsiz multiolam” filmi premerasi Buyuk Britaniyada 5 mayda, AQSHda esa 6 mayda namoyish etiladi.

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Doktor Strenj

Baholaganlar

494

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar