Dog‘istonda mudhish qotillik yuz berdi
Olam
−
29 Sentabr 2019
8013Rossiya Tergov qo‘mitasining Dog‘istondagi respublika bo‘limiga ko‘ra, maxachqal’alik o‘spirin ikki tanishi bilan birga otasini o‘ldirishda ayblanmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 16 yoshli Maxachqal’a fuqarosi otasi bilan yomon munosabatda bo‘lgan, chunki u spirtli ichimliklarni iste’mol qilgan va o‘g‘lini muntazam ravishda kaltaklagan. Shu asosda o‘smir otasini o‘ldirishga qaror qiladi va buning uchun u 17 va 18 yoshdagi ikkita do‘stini olib keladi.
Shu yilning 22 sentyabr kuni Maxachqal’aning Kirovskiy tumani Zagorodni qishlog‘ida 55 yoshli erkakning uyida, o‘spirinlar uning boshiga temir trubka bilan urgan.
Jabrlanuvchi voqea joyida olgan jarohatlari tufayli vafot etgan. Keyin jinoyatchilar jasadni yuk mashinasida o‘rmonga olib borib tashlangan.
Hozirda tergov talabi bilan sud ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘lladi.
LiveBarchasi