Nogironlikni aniqlash masalasi tanqid qilindi. O‘zgarishlar kutilmoqda

Jamiyat

photo_2020-02-20_17-03-13

Bugun, 21 fevral kuni Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi a’zolari bir guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogironlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi mutaxassislari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda bugungi kunda nogironlarni qiynab kelayotgan, ularning ortiqcha sarson-sargardonchiligiga sabab bo‘layotgan muammolardan biri tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va nogironlikni aniqlash masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanishicha, fuqarolarning TMEKlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tish tartibotlari juda murakkab va shaffof emas. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayonlarida inson omili yuqoriligicha qolmoqda, davolash profilaktika muassasalarida mutaxassislar va tibbiy uskunalar yetishmaydi.

Qayd etilishicha, TMEKlarning moddiy-texnik bazasi ma’naviy eskirgan, ular faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy qilinmagan. TMEK mutaxassislari tomonidan tibbiy ko‘rik hujjatlari ortiqcha vaqt sarflangan holda qo‘lda to‘ldirilayotgani achinarli.

“Uchrashuv yakunida Qo‘mita a’zolari tomonidan mazkur masala yuzasidan parlament so‘rovi tayyorlanayotganligi va ko‘tarilgan barcha muammolar so‘rovda o‘z aksini topishi ta’kidlab o‘tildi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Nogironlikni aniqlash

Baholaganlar

74

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar