Dmitriy Bivol 12 raund davom etgan jangda meksikalik raqibini mag‘lub etdi
Sport
−
06 noyabr 2022
6623Bugun, 6 noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida professional boks kechasi bo‘lib o‘tdi. Markaziy jangda asli kelib chiqishi qirg‘iz millatiga mansub rossiyalik Dmitriy Bivol Meksika vakili Xilberto Ramiresga qarshi jangda WBC kamarini himoya qildi.
Qayd etish kerakki, jangni baholab borgan hakamlar bir ovozdan 118-110, 117-111, 117-111 hisobida rossiyalik bokschining g‘alabasini e’tirof etdi. Shu tariqa, Dmitriy Bivol o‘zining WBC chempionlik kamarini ketma-ket to‘rtinchi marta muvaqqiyatli tarzda muhofaza qildi.
Umuman olganda, Bivol mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda. 31 yoshli jangchi professional boksda 21 ta jangda o‘tkazib, 21 tasida g‘alabaga erishgan. Bokschi 11 ta jangni nokaut bilan yakunlagan. Bundan avvalgi jangda Bivol yana bir meksikalik sportchi Saul Alvaresni ham hakamlarning yakdil qarori evaziga mag‘lub etgandi.
Ramires uchun esa bu mag‘lubiyat faoliyatidagi birinchisi bo‘ldi. Bungacha u 44 ta jangdan 44 tasida g‘alaba qozongan.
LiveBarchasi