DXSHR agentligi direktoriga ikki yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining joriy yilning 15 noyabrdagi buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari lavozimiga tayinlovlar amalga oshirildi. Unga ko‘ra, Zokir Bozorov DXSHR agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, Nodirjon Nuriddinov agentlik direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 

Zokir Bozorov 1982 yil Buxoro viloyatida tavallud topgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 2004 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. 

•    2004-2006 yillarda Buxoro viloyati Kogon shahar moliya bo‘limining 1-toifali iqtisodchisi;
•    2006-2007 yillarda  Buxoro viloyati  Kogon shahar moliya bo‘limi g‘azna ijrosi sektorining 1-toifali iqtisodchisi;
•    2008-2012 yillarda Buxoro viloyat moliya boshqarmasi iqtisodiyot xarajatlarni moliyalashtirish bo‘limi boshlig‘i;
•    2012-2013 yillarda Buxoro viloyati Kogon shahar hokimligi moliya bo‘limi mudiri;
•    2013-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iste’mol bozori, transport va xizmat ko‘rsatish sohalarini moliyaviy hamda narx orqarli tartibga solish boshqarmasi Uy-joy va kommunal xo‘jaligini moliyaviy va narx orqali tartibga solish bo‘limi bosh iqtisodchisi;
•    2015-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iste’mol bozori, transport va xizmat ko‘rsatish sohalarini moliyaviy hamda narx orqarli tartibga solish boshqarmasi Uy-joy va  kommunal xo‘jaligini moliyaviy va narx orqali tartibga solish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari;
•    2017-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Hududlarni obodonlashtirish va kommunal xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ta’minlashni moliyalashtirish boshqarmasining “Toza ichimlik suvi” fondi  mablag‘larini boshqarish bo‘limi boshlig‘i;
•    2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini moliyaviy tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Uy-joy va kommunal xo‘jaligini moliyaviy tartibga solish va monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i;
•    O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini moliyaviy tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan. 

DXSHR agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Nodir Nuriddinov esa 1979 yil Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 2011 yil Manchester Metropolitan Universitetining menejment iqtisodchi mutaxassisligini tamomlagan. 

•    2004-2008 yillarda ASEM Construction Development UK LTD kompaniyasining Bosh boshqaruvchisi;
•    2011-2014 yillarda “Deloitte” firmasi auditori;
•    2014-2016 yillarda “Bouygues” kompaniyasi moliyaviy masalalar bo‘yicha menejeri;

•    2016-2019 yillarda “Collinson Group” kompaniyasi moliyaviy rejalashtirish va tahlil qilish bo‘yicha katta mutaxassisi;
•    2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat rivojlantirish dasturlarini moliyaviy ta’minlash Departamenti Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish va hududiy dasturlarni moliyaviy tartibga solish boshqarmasi Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish va hududiy dasturlarni moliyalashtirish bo‘limi etakchi mutaxassisi;
•    O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat rivojlantirish dasturlarini moliyaviy ta’minlash Departamenti direktori o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi

Baholaganlar

25

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar