DXR va LXRning Rossiyadagi elchilari tayinlandi
Olam
−
06 may 2022
5895Bugun, 6 may kuni tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi hamda Lugansk xalq respublikasi Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxtor elchilarini tayinladilar. Bu haqda RIA Novosti ma’lum qildi.
DXR rahbari Denis Pushilin Respublika Xalq kengashi raisi o‘rinbosari Olga Makeyevani Rossiyadagi elchi lavozimiga tayinladi.
“Olga Aleksandrovna Makeyeva Donetsk Xalq Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlansin”, — deyiladi Pushilin imzolagan farmonda.
Olga Makeyeva siyosiy faoliyatidan oldin tijorat kompaniyalarida, shuningdek, davlatga qarashli “Donbassaero” aviakompaniyasida (2013 yilda bankrot deb e’lon qilingan va tugatilgan) yuridik xizmatlar bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. DXR tashkil etilgandan so‘ng u deputat, konstitutsiyaviy qonunchilik va davlat qurilishi qo‘mitasining raisi hamda mahalliy parlament spikeri sifatida ishlagan.
O‘z navbatida, Rodion Miroshnik LXRning Rossiyadagi elchisi etib tayinlandi. U Luganskda tug‘ilgan hamda jurnalist bo‘lib ishlagan. Keyinchalik “Hududlar partiyasi”dan mahalliy viloyat kengashiga deputat bo‘ldi. LXR tashkil etilgandan so‘ng, u tinch yo‘l bilan kelishuv bo‘yicha aloqa guruhida respublikaning rasmiy vakili, shuningdek, LXR rahbari Leonid Pasechnikning jamoat aloqalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘lib ishlagan.
Kamronbey Kenjayev
LiveBarchasi